Mehnat kodeksi

247-modda. Mehnatga haq to'lash shartlarini o'zgartirish

Mehnatga haq to'lash shartlari qanday tartibda belgilangan bo'lsa, xuddi shunday tartibda o'zgartiriladi. Mehnatga haq to'lash shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o'zgartirishga xodimning roziligisiz yo'l qo'yilmaydi. Istisno tariqasida: texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o'zgarishlar yuz berganda, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmi qisqarganda, basharti mehnatga haq to'lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo'lmasa; qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda shunday o'zgartirish mumkin. Ish beruvchi mehnatga haq to'lashga doir amaldagi shartlarning yomonlashtirish tomonga qaratilgan yangi yoki kelgusidagi o'zgarishlari haqida xodimni ular kiritilishidan kamida ikki oy oldin imzo qo'ydirib ogohlantirishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.