Mehnat kodeksi

245-modda. Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilash

(245-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo'yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda O'zbekiston Respublikasining butun hududida bir vaqtning o'zida belgilanadi hamda tashkiliy-huquqiy shakllaridan, mulkchilik shakllaridan va idoraviy bo'ysunuvidan qat'i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir. Ish vaqtining oylik normasini ishlab bergan va mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini bajargan xodimning mehnatiga haq to'lashning oylik miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lishi mumkin emas. O'z mehnat majburiyatlarini bajargan xodimning mehnatiga soatbay haq to'lashning eng kam miqdori tegishli kalendar yilda olti kunlik ish haftasidagi ish soatlarining o'rtacha oylik miqdoriga bo'lingan, bir oyda mehnatga haq to'lashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lishi mumkin emas. Mehnatga haq to'lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ish haqiga ustamalar, boshqa rag'batlantiruvchi to'lovlar, shuningdek ish vaqtidan tashqari ish, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish, tungi vaqtdagi ish uchun to'lovlar, tuman koeffitsiyentlariga doir to'lovlar hamda boshqa kompensatsiyaga oid va ijtimoiy to'lovlar mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga kiritilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.