Mehnat kodeksi

229-modda. Har yilgi mehnat ta'tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko'chirish

(229-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 13 февралдаги ЎРҚ-1030-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.02.2025 й., 03/25/1030/0144-сон)

Xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta'tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko'chirish huquqiga ega: vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida; homiladorlik va tug'ish ta'tilining muddati boshlanganda; har yilgi mehnat ta'tili o'quv ta'tiliga to'g'ri kelib qolganda; davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo'lsa; jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda. Agar har yilgi mehnat ta'tilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabablar ta'til boshlanguniga qadar kelib chiqqan bo'lsa, xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuvga binoan ta'tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta'til davrida kelib chiqqan hollarda ta'til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko'ra ta'tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko'chiriladi. Xodim har yilgi mehnat ta'tilidan foydalanishga to'sqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar to'g'risida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar xodim ushbu Kodeks 228-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda ta'til boshlanadigan vaqt haqida o'z vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga ta'til boshlanguniga qadar ushbu Kodeks 233-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ta'til vaqti uchun haq to'lanmagan bo'lsa, har yilgi mehnat ta'tili xodimning arizasiga ko'ra boshqa muddatga ko'chiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Xodim har yilgi ta'tilini uzaytirishi yoki boshqa vaqtga ko'chirishi mumkin. Agar kasallik, homiladorlik, o'quv yoki davlat ishlarini bajarish sababli ta'til qila olmasa, bu kunlar qo'shiladi. Agar ta'til davomida muammo yuzaga kelsa, ta'til uzaytiriladi yoki keyinroq o'tkaziladi. Kimga tegishli Bu huquq barcha mehnat ta'tilidan foydalanish huquqiga ega xodimlarni qamrab oladi. Amalda Xodim kasallik sertifikati bilan 10 kunlik ta'tilini boshlashdan oldin xabardor qildi. Ish beruvchi ta'tilni 2 oy keyinga ko'chirdi va kasallik kunlarini ta'tilga qo'shdi. Xodim jami 15 kunlik ta'tilni keyinroq o'tkazdi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Mehnat nizosi bo‘yicha sudga arizaIsh haqi, bo‘shatish yoki hisob-kitob bo‘yicha da’vo. Mehnat da’volarida davlat boji yo‘q.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.