Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning sub'yektlaridir.
Mehnatga oid huquq layoqatiga va muomala layoqatiga ega bo'lgan, ushbu Kodeksda belgilangan yoshga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar xodimlar bo'lishi mumkin.
Quyidagilar ish beruvchilar sifatida ish yuritishi mumkin:
mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat'i nazar, tashkilotlar;
tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari yoki boshqa alohida tarkibiy bo'linmalari (bundan buyon matnda tashkilotlarning alohida bo'linmalari deb yuritiladi);
jismoniy shaxslar.
Jismoniy shaxslar quyidagi hollarda ish beruvchilar bo'lishi mumkin:
agar ular yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olingan bo'lsa;
agar ular o'ziga xizmat ko'rsatilishi va uy xo'jaligini yuritishda yordamlashish maqsadida uy xizmatchilarini yollashni amalga oshirsa;
agar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ularning kasbiy faoliyati ro'yxatdan o'tkazilishi va (yoki) litsenziyalanishi lozim bo'lsa hamda ular mazkur faoliyatni amalga oshirish maqsadida xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarga kirishgan bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn19-modda. Xodim va ish beruvchi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarning sub'yektlari sifatida
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Xodim va ish beruvchi — mehnat shartnomasini tuzgan ikkita asosiy tomon. Xodim — ish beruvchiga mehnat qiluvchi shaxs. Ish beruvchi — xodimni yollagan va unga ish beruvchi. Ular o'rtasida mehnat huquqlari va majburiyatlari paydo bo'ladi.
Kimga tegishli
Bu qoida O'zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlarida ishtirok etuvchi barcha shaxslarga tegishli.
Amalda
Akmal kompaniyada xodim sifatida ishlaydi va oylik maosh oladi. Kompaniya direktori uning ish beruvchisi. Ular o'rtasida mehnat shartnomasi bor va bu qonun ularning huquq-majburiyatlarini belgilaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.