Ish beruvchi ushbu Kodeks 137-moddasining to'rtinchi qismida, 146-moddasining beshinchi qismida, 161-moddasi ikkinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 168-moddasi birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha qaysi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish niyatida bo'lsa, o'sha xodim ishdan bo'shatiladigan xodimdir.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo'mitasiga yoxud kasaba uyushmalari tegishli birlashmasiga xodimlarning ehtimol tutilgan ishdan bo'shatilishi to'g'risidagi axborotni o'z vaqtida, kamida ikki oy oldin taqdim etadi va ishdan bo'shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o'tkazadi.
Ish beruvchi har bir xodimning kelgusida ishdan bo'shatilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni uning kasbi, mutaxassisligi, malakasini va mehnatiga haq to'lash miqdorini ko'rsatgan holda ikki oydan kechiktirmay «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat majmuasiga kiritish orqali mahalliy mehnat organi e'tiboriga ham yetkazishi shart.
lex.uz’dagi asl matnMehnat kodeksi
166-modda. Ish beruvchining xodimlarni ishdan bo'shatish to'g'risidagi axborotni taqdim etishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.