Mehnat kodeksi

115-modda. Mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilmagan ishning bajarilishini talab qilishni taqiqlash

Ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas: agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko'rsatilmagan ishni bajarishni; qonunga xilof bo'lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog'lig'ini xavf ostiga qo'yadigan, ularning sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.