Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilaridir.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, jamiyat ishtirokchilari bo'lishga haqli emas.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo'lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega bo'lishi mumkin emas, bundan bir aktsiyadordan iborat aktsiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi bo'lgan hollar mustasno.
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi kerak.
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me'yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aktsiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tashkil etilishi kerak. Agar ko'rsatilgan muddat ichida jamiyat qayta tashkil etilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me'yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning murojaatiga asosan sud tartibida tugatilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilari o'rtasidagi murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun ovozlar soni yetarli bo'lmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish imkoni bo'lmaganda nizoli vaziyat sud tomonidan yoki jamiyat ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirda, mediatsiya yoki hakamlik sudi tartibida hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
8-modda. Jamiyat ishtirokchilari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.