Jamiyat shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlariga ega bo'lishi mumkin, bundan ushbu Qonun 8-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari yuridik shaxs hisoblanadi.
Agar bir (asosiy) xo'jalik jamiyati ikkinchi xo'jalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) undan ustunlik mavqeiga ega bo'lgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqacha tarzda ikkinchi xo'jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo'lsa, ushbu ikkinchi xo'jalik jamiyati shu'ba xo'jalik jamiyati hisoblanadi.
Shu'ba xo'jalik jamiyati o'zining mulkida o'z asosiy jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega bo'lishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar o'z asosiy jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shu'ba xo'jalik jamiyati o'z asosiy jamiyati ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida ovoz berishga haqli emas.
Agar boshqa ishtirok etuvchi jamiyat xo'jalik jamiyatining ovoz beruvchi ulushining yigirma foizidan ortig'iga ega bo'lsa, xo'jalik jamiyati qaram deb e'tirof etiladi, bundan ushbu Qonun 8-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qaram xo'jalik jamiyati o'z mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega bo'lishga haqli emas. Ishtirok etuvchi boshqa jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xo'jalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishida ovoz berishga ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar haqli emas.
Shu'ba xo'jalik jamiyati o'z asosiy jamiyatining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi.
Shu'ba xo'jalik jamiyatiga majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga ega bo'lgan asosiy jamiyat bunday ko'rsatmalarni bajarish uchun shu'ba xo'jalik jamiyati tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shu'ba xo'jalik jamiyati bilan solidar javobgar bo'ladi. Asosiy jamiyat shu'ba xo'jalik jamiyatiga majburiy ko'rsatmalar berish huquqiga faqat ushbu huquq shu'ba xo'jalik jamiyati bilan tuzilgan shartnomada yoki shu'ba xo'jalik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan taqdirda ega bo'ladi.
Shu'ba xo'jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolgan taqdirda, asosiy jamiyat shu'ba xo'jalik jamiyatining majburiyatlari yuzasidan subsidiar javobgar bo'ladi.
Shu'ba xo'jalik jamiyatining to'lovga qobiliyatsizligi faqat asosiy jamiyat shu'ba xo'jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning to'lovga qobiliyatsiz bo'lib qolishini oldindan bila turib, shunday harakatlarni amalga oshirishi uchun shu'ba xo'jalik jamiyatiga majburiy ko'rsatma bergan va (yoki) shu'ba xo'jalik jamiyatining imkoniyatidan foydalangan hollarda asosiy jamiyatning aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi.
Shu'ba xo'jalik jamiyatining ishtirokchilari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shu'ba xo'jalik jamiyatiga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini talab qilishga haqli. Asosiy jamiyat shu'ba xo'jalik jamiyati tomonidan muayyan harakatlar amalga oshirilishi oqibatida uning zarar ko'rishini oldindan bila turib, o'z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu'ba xo'jalik jamiyatining shunday harakatlarni amalga oshirishi maqsadida foydalangan taqdirda zarar asosiy jamiyatning aybi bilan yetkazilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
7-modda. Shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari — bu katta kompaniyaning tarkibiga kiruvchi kichik tashkilotlar. Shu'ba — asosiy jamiyat uning qarorlari qabul qilishiga to'liq nazorat qilsa, qaram — boshqa kompaniya uning ovozining 20% dan ortig'iga ega bo'lsa. Ikkalasi ham alohida yuridik shaxs hisoblanadi.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (kompaniyalar) va ularning filiallariga tegishli.
AMALDA
Agar "Oltin Quyosh" kompaniyasi "Yosh Energiya" kompaniyasining 30% ulusiga ega bo'lsa, "Yosh Energiya" qaram deb hisoblanadi. "Yosh Energiya" o'z mulkida "Oltin Quyosh"ning ulusiga ega bo'lolmaydi va uning ishtirokchilar yig'ilishida ovoz bera olmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.