Bir yoki bir necha jamiyatni ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa jamiyatga o'tkazgan holda tugatish jamiyatni qo'shib olish deb e'tirof etiladi.
Qo'shib olish shaklida qayta tashkil etishda ishtirok etuvchi har bir jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi bunday qayta tashkil etish to'g'risida, qo'shib olish to'g'risidagi shartnomani tasdiqlash haqida qaror qabul qiladi, qo'shib olinayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig'ilishi esa topshirish dalolatnomasini tasdiqlash to'g'risida ham qaror qabul qiladi.
Qo'shib olishda ishtirok etuvchi jamiyatlar ishtirokchilarining qo'shma umumiy yig'ilishi qo'shib olinayotgan jamiyatning ta'sis hujjatlariga jamiyatning ishtirokchilari tarkibi o'zgarishi, ularning ulushlari miqdorlarini belgilash bilan bog'liq o'zgartirishlarni, qo'shib olish to'g'risidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa o'zgartirishlarni kiritadi, shuningdek zarur bo'lganda boshqa masalalarni, shu jumladan birlashtirilayotgan jamiyatning organlarini saylash to'g'risidagi masalalarni hal etadi. Bunday umumiy yig'ilishni o'tkazish muddatlari va tartibi qo'shib olish to'g'risidagi shartnomada belgilanadi.
Bir jamiyat boshqasiga qo'shib olinganda qo'shib olinayotgan jamiyatning barcha huquqlari va majburiyatlari qo'shib olayotgan jamiyatga o'tadi.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
62-modda. Jamiyatni qo'shib olish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.