«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

54-modda. Jamiyat hujjatlarini saqlash

Jamiyat, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, quyidagi hujjatlarni ustavda belgilangan muddat mobaynida saqlashi shart: jamiyatning ta'sis hujjatlarini, shuningdek jamiyatning ta'sis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan o'zgartirishlar va qo'shimchalarni; jamiyat muassislari yig'ilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash to'g'risidagi qarorini, shuningdek jamiyatni tashkil etish bilan bog'liq boshqa qarorlarni o'z ichiga olgan bayonnomasini; jamiyatning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni; jamiyatning o'z balansida turgan mol-mulkka bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni; jamiyatning filiallari va vakolatxonalari to'g'risidagi nizomlarni; jamiyatning shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari to'g'risidagi nizomlarni; jamiyat ishtirokchilari umumiy yig'ilishlarining, jamiyatning kuzatuv kengashi, kollegial ijro etuvchi organi va taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalarini; jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalarini; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni. Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni o'zining ijro etuvchi organi joylashgan yerda yoki jamiyat ishtirokchilariga ma'lum bo'lgan va ular uchun qulay bo'lgan boshqa joyda saqlaydi. Jamiyat ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hujjatlarni qonunchilikda yoki jamiyat ustavida belgilangan tartibda va muddatda jamiyat ishtirokchilarining va boshqa shaxslarning talabiga ko'ra taqdim etadi. Jamiyat faoliyati to'g'risidagi sir tutilgan axborotni o'z ichiga olgan hujjatlar jamiyat bilan jamiyat ishtirokchisi yoki uchinchi shaxslar o'rtasida ularni oshkor etmaslik to'g'risidagi shartnoma asosida taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mas'uliyati cheklangan jamiyat o'zining ta'sis hujjatlari, qarorlar, hisobotlar, registratsiya va boshqa muhim hujjatlarni saqlab turishi kerak. Bu hujjatlar jamiyatning qonuniy faoliyatini, moliyaviy ahvoli va boshqaruv qarorlarini isbotlaydi. Hujjatlar jamiyat ustavida ko'rsatilgan vaqt davomida saqlanadi. **Kimga tegishli** Bu talablar barcha mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga qo'llaniladi. **Amalda** Bir jamiyat o'zining ta'sis hujjatlarini, umumiy yig'ilish qarorlarini va audit xulosalarini bosh ofisida saqlaydi. Jamiyat a'zolari yoki boshqa shaxslar bu hujjatlarni ko'rish uchun so'rasa, jamiyat qonun va ustav asosida ularni taqdim etadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.