«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

52-modda. Ichki audit xizmati

Aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ko'p bo'lgan, davlat ulushi ellik foiz va undan ortiq bo'lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Kredit tashkiloti bo'lgan jamiyatda ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi. Jamiyatning kuzatuv kengashi ichki audit xizmatini tashkil etadi va uning xodimlarini tayinlaydi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. Ichki audit xizmati jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari tomonidan qonunchilikka, ta'sis hujjatlariga va boshqa hujjatlarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda ma'lumotlarning to'liq hamda to'g'ri aks ettirilishi ta'minlanishini, xo'jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va tartib-taomillariga rioya etilishini, aktivlarning saqlanishini, shuningdek jamiyatni boshqarish yuzasidan qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish va bu borada monitoring olib borish orqali jamiyatning ijro etuvchi organi, vakolatxonalari va filiallari hamda shu'ba va qaram xo'jalik jamiyatlari ishini nazorat qiladi hamda baholaydi. Ichki audit xizmati o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.