«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

44-modda. Jamiyatning kuzatuv kengashi a'zolarining, yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi va kollegial ijro etuvchi organlarining majburiyatlari (fidutsiar majburiyatlari)

Jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zolarining majburiyatlari (fidutsiar majburiyatlari) jumlasiga quyidagilar kiradi: o'z vazifalari va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va ishtirokchilar manfaatlarini eng ko'p aks ettiruvchi usullardan foydalanish; jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) ishtirokchilar umumiy yig'ilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik yoki boshqa shaxslar tomonidan bunday tarzda foydalanilishiga yo'l qo'ymaslik; o'ziga taqdim etilgan (ma'lum bo'lgan), jamiyatga tegishli yoki jamiyatning qiziqish ob'yekti bo'lishi mumkin bo'lgan biznes imkoniyatlaridan jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, o'zining yoki boshqa shaxslarning shaxsiy foydasini ko'zlab, o'z vazifalarini bajarishda yoki mavqeidan kelib chiqqan holda foydalanmaslik; jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz jamiyatning asosiy faoliyati yo'nalishlariga xos bo'lgan sohada tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmaslik; qonunchilikka va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati to'g'risidagi sir tutiladigan axborotni oshkor qilmaslik; o'z vazifalarini bajarish bilan bog'liq qarorlar qabul qilish evaziga bundan manfaatdor bo'lgan shaxslardan moddiy qimmatliklar olmaslik yoki mulkiy manfaatdor bo'lmaslik. Qonunchilikda, jamiyatning ustavida va ichki hujjatlarida jamiyat kuzatuv kengashi a'zolarining, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining (direktorning), jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi a'zolarining boshqa fidutsiar majburiyatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Jamiyat rahbarlari va kuzatuv kengashi a'zolari jamiyatning manfaatini o'z shaxsiy foydasidan ustun qo'yishlari kerak. Ular jamiyat mol-mulkini, ma'lumotlarini va biznes imkoniyatlarini o'z yoki boshqalarning shaxsiy foydasiga ishlatmasliklari zarur. Bu odamlar jamiyat uchun halol va vijdonan ishlashlari kerak. **Kimga tegishli** Bu majburiyatlar jamiyat kuzatuv kengashi a'zolari, direktor va boshqa rahbariy shaxslarga tegishli. **Amalda** Agar jamiyat direktori jamiyatning mol-mulkini o'z do'stiga sotib bersa yoki jamiyat uchun foydali bo'lgan biznes imkoniyatini o'z o'ziga olsa, bu qonun buziladi va u javobgarlikka tortiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.