Jamiyat quyidagi hollarda o'z foydasini jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli emas:
jamiyatning butun ustav fondi (ustav kapitali) to'liq to'languniga qadar;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat ishtirokchisi ulushining (ulushi bir qismining) haqiqiy qiymati to'languniga qadar;
agar bunday qarorni qabul qilish paytida jamiyatda qonunga muvofiq to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lsa yoki, agar mazkur alomatlar jamiyatda shunday qaror qabul qilinishi natijasida paydo bo'lsa;
agar shunday qarorni qabul qilish paytida jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo'lsa yoki shunday qaror qabul qilinishi natijasida ularning miqdoridan kamroq bo'lib qolsa;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Jamiyat o'z ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanishi to'g'risida qaror qabul qilingan foydani jamiyat ishtirokchilariga to'lashga quyidagi hollarda haqli emas:
agar to'lash paytida jamiyatda qonunga muvofiq to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lsa yoki, agar mazkur alomatlar jamiyatda to'lov natijasida paydo bo'lsa;
agar to'lash paytida jamiyatning sof aktivlari qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) va zaxira fondidan kam bo'lsa yoki to'lash natijasida ularning miqdoridan kamroq bo'lib qolsa;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan holatlar tugaganidan keyin jamiyat o'z ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanishi to'g'risida qaror qabul qilingan foydani to'lashi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun
27-modda. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilari o'rtasida taqsimlashdagi cheklovlar. Jamiyatning foydasini jamiyat ishtirokchilariga to'lashdagi cheklovlar
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Mas'uliyati cheklangan jamiyat o'z foydasini (daromadini) ishtirokchilarga bo'lishdan oldin ma'lum shartlarni tekshirishi kerak. Agar jamiyatning puli yetarli bo'lmasa yoki qarzlari ko'p bo'lsa, foydani bo'lish mumkin emas. Jamiyat avval barcha qarzlarini to'lashi, keyin ishtirokchilarga foydani berishi kerak.
Kimga tegishli
Bu qoida mas'uliyati cheklangan jamiyatning barcha ishtirokchilari va rahbariyatiga tegishli.
Amalda
Jamiyatning ustav fondi to'liq to'lanmagan yoki jamiyatning qarzlari ko'p bo'lsa, rahbariyat foydani bo'lish haqida qaror qabul qila olmaydi. Masalan, jamiyat 100 million so'mning qarziga ega bo'lsa va faqat 50 million so'm foydasi bo'lsa, avval qarzni to'lashi kerak, keyin qolgan pulni ishtirokchilarga berishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.