«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

20-modda. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish

Jamiyat o'z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga haqli, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa jamiyat o'z ishtirokchilarining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish va (yoki) jamiyatga tegishli ulushlarning haqini to'lash orqali o'z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishi shart. Jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatini kamaytirish yo'li bilan jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish jamiyatning barcha ishtirokchilari ulushlari miqdorlari saqlab qolingan holda amalga oshirilishi kerak. Jamiyat davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran bir yil ichida uning ustav fondi (ustav kapitali) to'liq to'lanmagan taqdirda jamiyat o'z ustav fondini (ustav kapitalini) amalda to'langan miqdorgacha kamaytirishini e'lon qilishi va uning kamaytirilganligini belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazishi yoki jamiyatni tugatish to'g'risida qaror qabul qilishi kerak. Agar ikkinchi va har bir keyingi moliya yili tugaganidan keyin jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondidan (ustav kapitalidan) kam bo'lib qolsa, jamiyat o'z ustav fondi (ustav kapitali) o'zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorgacha kamaytirilishini e'lon qilishi va bunday kamaytirishni belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazishi shart. Jamiyat sof aktivlarining qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Jamiyat kreditorlari jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) kamaytirilganligidan xabar topgan sanadan e'tiboran o'ttiz kun ichida jamiyatdan jamiyatning tegishli majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki bajarilishini hamda o'zlari ko'rgan zararning o'rni qoplanishini yozma ravishda talab qilishga haqli. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish bilan bog'liq ustavdagi o'zgartirishlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda, agar jamiyat o'z ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish yoki o'zining tugatilishi to'g'risida uch oylik muddatda qaror qabul qilmasa, kreditorlar jamiyat majburiyatlari muddatidan ilgari tugatilishini yoki ijro etilishini va o'zlari ko'rgan zararning o'rni qoplanishini talab qilishga haqli. Yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ bunday hollarda jamiyatni tugatish to'g'risida sudga murojaat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Mas'uliyati cheklangan jamiyat o'z ustav fondini (kapitalini) kamaytirishi mumkin. Buni ishtirokchilarning ulushlarini kamaytirish yoki ulushlarni to'lash orqali qiladi. Agar jamiyat ro'yxatlanganidan keyin bir yil ichida fondni to'liq to'lamasа, uni amalda to'langan miqdorgacha kamaytirishini e'lon qilishi kerak. **Kimga tegishli** Bu qoida mas'uliyati cheklangan jamiyatlar va ularning ishtirokchilari, kreditorlari uchun amal qiladi. **Amalda** Kompaniya 100 million so'mlik ustav fondini ro'yxatlantirgani keyin, bir yil o'tib faqat 60 million to'lasa, qolgan 40 millionni kamaytirish to'g'risida e'lon qilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazishi shart. Aks holda kreditorlar 30 kun ichida jamiyatdan qarzlarini to'lashni talab qilishi mumkin.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.