«Mas'uliyati cheklangan jamiyatlar to'g'risida»gi qonun

13-modda. Jamiyatning ta'sis shartnomasi

Ta'sis shartnomasida jamiyatning muassislari jamiyatni tashkil etish majburiyatini oladi va uni tashkil etish yuzasidan birgalikdagi faoliyat tartibini belgilaydi. Ta'sis shartnomasida quyidagilar ham belgilanadi: jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) tarkibi; jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori va jamiyat har bir muassisi (ishtirokchisi) ulushining miqdori; jamiyat ta'sis etilayotganda uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalarni qo'shish tartibi, miqdori, usullari va muddatlari; hissalarni qo'shish bo'yicha majburiyatlarini buzganlik uchun jamiyat muassislarining (ishtirokchilarining) javobgarligi; jamiyatning muassislari (ishtirokchilari) o'rtasida foyda va zararlarni taqsimlash shartlari hamda tartibi; jamiyat organlarining tarkibi va jamiyat ishtirokchilarining jamiyatdan chiqishi hamda uchinchi shaxslarni jamiyatga qabul qilish tartibi. Ta'sis shartnomasi va unga kiritilgan o'zgartirishlar davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.