Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma'muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo'lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O'zbekiston Respublikasi mulkida bo'lgan davlat mulki ob'yektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob'yektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat inspektsiyasining xulosasiga ko'ra yaroqsiz deb topilgan davlat ko'chmas mulk ob'yektlarini buzib tashlash to'g'risida qonunda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish huquqiga ega.
Viloyat, tuman, shahar mulkini, shuningdek viloyat, tuman va shaharga xo'jalik yuritish uchun berilgan davlat mulki ob'yektlarini boshqarish tartibi ushbu Qonun, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yo'lga solinadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o'zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo'jalik faoliyatini erkin yuritishga to'sqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati faoliyatining iqtisodiy asosini tashkil etuvchi mulk shakllari
(7-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.