«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

5-modda. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning O'zbekiston Respublikasi boshqa ma'muriy-hududiy tuzilmalari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o'zaro munosabatlari

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar o'tkazish, qo'shimcha korxonalar, xo'jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uyg'unlashtirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasining, O'zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan shartnomalar asosida o'zaro munosabatlar o'rnatishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.