«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

25⁸-modda. Kengash tekshiruvini o'tkazish bo'yicha komissiya

(258-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон)

Kengash tekshiruvini o'tkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini o'tkazish bo'yicha komissiya tuziladi. Komissiya Kengash tekshiruvini o'tkazishda quyidagilarga haqli: davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga; davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma'lumotlarni so'rab olishga; davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga. Kengash tekshiruvi natijalariga ko'ra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida ko'rib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.