«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun

25⁵-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi hududiy bo'linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish

(25⁵-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 4 октябрдаги ЎРҚ-870-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 06.10.2023 й., 03/23/870/0753-сон)

Viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo'yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sog'liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog'lom turmush tarzini va to'g'ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog'liqni saqlashning asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida hisobot taqdim etadi. Viloyatlar sog'liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog'liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga yuboriladi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo'yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sog'liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog'lom turmush tarzini va to'g'ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog'liqni saqlashning asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida hisobot taqdim etadi. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo'yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog'liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sog'liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.