Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo'ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi. Viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordirlar. Tuman, shahar hokimi yuqori turuvchi hokim va tegishli xalq deputatlari Kengashi oldida hisobdordir.
Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari o'rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta'minlaydi.
Mahalliy hokimiyat vakillik organlari va hokimlar O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga ega bo'ladilar.
lex.uz’dagi asl matn«Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida»gi qonun
1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati
(1-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 17 октябрдаги ЎРҚ-976-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/976/0833-сон — вилоятлар ва Тошкент шаҳар халқ депутатлари Кенгашлари депутатларининг навбатдаги сайлови якунлари бўйича амалга киритилади)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.