«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

56-modda. Jarimani sud tartibida undirish

Huquqbuzar tomonidan jarima summasi ixtiyoriy ravishda to'lanmagan taqdirda, vakolatli organ jarimani undirish to'g'risidagi arizani sudga belgilangan tartibda besh ish kuni ichida kiritadi. Sudning jarimani undirish to'g'risidagi qonuniy kuchga kirgan qarorini ijro etish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.