Xabardor qiluvchi o'zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni belgilangan tartibda olganidan keyin u qarorda ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi va bu haqdagi axborotni vakolatli organga asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi kerak.
Vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to'g'risidagi axborotni olgan kundan e'tiboran besh ish kuni ichida ushbu axborotni tahlil qilishi va zarur bo'lganda, olingan axborotni joyiga chiqqan holda o'rganishi kerak. Bunda vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to'g'risida dalolatnoma tuzadi va uni xabardor qiluvchiga maxsus elektron tizim vositasida yuboradi.
Vakolatli organ kamchiliklar bartaraf etilganligi to'g'risidagi dalolatnoma yuborilganidan keyin bir ish kuni ichida:
xabardor qiluvchining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash to'g'risida qaror qabul qilishi;
xabardor qiluvchiga uning xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash to'g'risidagi qarorni maxsus elektron tizim vositasida yuborishi;
xabarnomalar reyestriga xabardor qiluvchining faoliyati (harakatlari) qayta tiklanganligi to'g'risida belgi qo'yishi kerak.
Xabardor qiluvchi tomonidan o'zining xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) to'xtatib turish uchun asos bo'lgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) tugatish choralarini ko'radi.
Agar vakolatli organ ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni ko'rmasa, xabardor qiluvchi vakolatli organni maxsus elektron tizim vositasida xabardor qilgan holda o'z faoliyatini (harakatlarini) davom ettirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
43-modda. Xabardor qiluvchining vakolatli organ tomonidan to'xtatib turilgan, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatini (harakatlarini) qayta tiklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.