«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

38-modda. Xabarnoma yuborish va uni hisobga olish tartibi

(38-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 16 январдаги ЎРҚ-896-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.01.2024 й., 03/24/896/0037-сон)

Xabardor qiluvchi (uning nomidan ish yuritishga vakolatli shaxs) vakolatli organga elektron raqamli imzodan foydalangan holda maxsus elektron tizim yoki YaIDXP vositasida xabarnoma yuboradi. Xabarnomani yuborishda pasportlarda nazarda tutilgan ma'lumotlar ko'rsatiladi va hujjatlar ilova qilinadi. Pasportlarda nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa qo'shimcha hujjatlar talab qilinishiga yo'l qo'yilmaydi. Xabardor qiluvchilar xabarnoma yuborish orqali xabardor qilish tartibi joriy etilgan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun ushbu Qonunning 37-moddasida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Xabardor qilish talab etiladigan faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizigacha miqdorda yig'im undiriladi, bundan alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni va alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishni boshlash haqidagi xabarnomalar mustasno. Xabardor qiluvchilar vakolatli organga yuborilgan xabarnomada ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgardir. Xabarnomaga kiritilgan ma'lumotlar maxsus elektron tizim vositasida idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud bo'lgan axborot asosida avtomatik ravishda tekshiriladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiluvchi tomonidan maxsus elektron tizim yoki YaIDXP vositasida xabarnoma yuborilganda, pasportlarda belgilangan tartibda taqsimlanadigan yig'imning bir qismi O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg'armasiga yo'naltiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.