Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasi vakolatli organ tomonidan ko'rib chiqilganligi uchun yig'im faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilangan hollarda hamda miqdorlarda undiriladi. Yig'im miqdori vakolatli organning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun qilgan xarajatlari doirasida belgilanadi.
Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni talabgorga berishni rad etish to'g'risida qaror qabul qilingan, shuningdek talabgor bergan arizasidan voz kechgan taqdirda talabgorning litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqqanlik uchun to'langan yig'im summasi qaytarilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
35-modda. Talabgorning litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizasini ko'rib chiqqanlik uchun yig'im
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Litsenziya yoki ruxsat hujjati olish uchun ariza bergan shaxs vakolatli organga yig'im to'lashi kerak. Bu pul organning arizani ko'rib chiqish uchun qilgan ishchi xarajatlarini qoplaydi. Yig'im miqdori qonun va nizomda belgilangan.
Kimga tegishli
Bu qoida litsenziya yoki ruxsat hujjati olmoqchi bo'lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli.
Amalda
Biror kishi transport xizmatini boshqarish uchun litsenziya olmoqchi bo'lsa, ariza berish vaqtida belgilangan yig'imni to'lashi kerak. Agar ariza rad etilsa yoki u o'zi arizadan voz kechsa, to'langan pul qaytarilmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.