«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

31-modda. Litsenziyani va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni o'zgartirish

Litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar litsenziatning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxsning arizasi asosida vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda o'zgartirilishi mumkin: litsenziya asosida amalga oshirilayotgan faoliyat turi litsenziyalanadigan faoliyat turining boshqa kichik turi bilan kengaytirilganda; filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslarga berilgan litsenziyaga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga muvofiq ushbu filiallar va vakolatxonalar tomonidan faoliyatni amalga oshirish boshlanganda; yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlik sub'yektining faoliyatni amalga oshirish manzili o'zgarganda, agar uning joylashgan yeriga nisbatan litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari belgilangan bo'lsa. Litsenziyalarga yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarga o'zgartishlar kiritish litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Litsenziya o'zgartirilgan taqdirda davlat boji, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat o'zgartirilganda esa yig'im tegishincha litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berganlik uchun to'lanadigan summaning ellik foizi miqdorida undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.