«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun

27-modda. Litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish hamda ularning to'g'riligini tekshirish

Litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo'yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bundan O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq maxsus qog'oz blankalarida rasmiylashtirishni talab qiladigan hujjatlar mustasno. Barcha turdagi litsenziyalarning va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning to'g'riligini tekshirish mazkur hujjatlarga tushiriladigan yagona QR-kodni (matrik shtrixli kodni) tegishli reyestrda ko'rsatilgan axborot bilan solishtirib ko'rish orqali amalga oshiriladi. Bunda qog'oz shaklidagi litsenziyalarni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.