Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turining va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining har biri bo'yicha ko'rsatiladi. Bunda raqobatni cheklovchi talablar va shartlarni joriy etish taqiqlanadi.
Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida quyidagi litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlari ko'rsatiladi:
litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining muayyan qoidalariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rioya etilishi shartligi;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishga talabgor shaxslarga nisbatan aniq malaka talablari, shu jumladan maxsus tayyorgarlikka doir talablar;
faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini amalga oshirishning maxsus shartlariga doir tugal talablar, shu jumladan foydalaniladigan moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalarga doir aniq talablar;
xodimlar bilan yangi mehnat shartnomalarini tuzish, shartnomalarga o'zgartishlar kiritish va ularni tugatish hollarini, shuningdek amaldagi mehnat shartnomalari to'g'risidagi axborotni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro'yxatdan o'tkazish — tegishli faoliyatni (harakatni) amalga oshirish uchun xodimlarga nisbatan shunday talab mavjud bo'lgan taqdirda;
faoliyatning litsenziyalanadigan turining yoki ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqa litsenziya va ruxsat berish talablari va shartlari.
Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlariga rioya etilishini vakolatli organlar tomonidan nazorat qilish «xavfni tahlil qilish» tizimi natijalari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilishi faktlari to'g'risidagi murojaatlari asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
24-modda. Litsenziya va ruxsat berish talablari hamda shartlari
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Litsenziya va ruxsat berish talablari — bu ayrim faoliyatlarni amalga oshirishdan oldin bajarilishi kerak bo'lgan shartlar va qoidalar. Masalan, dori sotish, qurilish yoki ta'lim berish kabi ishlarni qilish uchun davlat bu talablarni bajarganligingizni tekshiradi. Raqobatni cheklovchi talablar qo'yish taqiqlanadi.
**Kimga tegishli**
Bu talablar jismoniy va yuridik shaxslar (odamlar va tashkilotlar) uchun majburiy.
**Amalda**
Agar siz shifoxona ochmoqchi bo'lsangiz, davlat sizdan shifokorlarning malakasini, tibbiy asbob-uskunalarni va xodimlarni ro'yxatdan o'tkazishni talab qiladi. Agar bu talablarni bajarmasangiz, litsenziya olmaysiz.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.