Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar:
talabgorlarning murojaatlarini qabul qiladi va ko'rib chiqadi;
litsenziyalar beradi yoki ularni berishni rad etadi, litsenziyalarning amal qilishi muddatini uzaytiradi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtiradi;
litsenziyalarning amal qilishini to'xtatib turadi, qayta tiklaydi;
litsenziyalarni bekor qiladi yoki ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalarni bekor qilish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi;
litsenziyalarni o'zgartiradi;
litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar qonunga, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash haqidagi nizomlarga va ularning pasportlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar ushbu vakolatli organlar tomonidan litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshiradigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tashkil etishga yoki ularning faoliyatida muassislar, aktsiyadorlar yoxud ishtirokchilar sifatida ishtirok etishga haqli emas, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
14-modda. Litsenziyalash sohasidagi vakolatli organlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.