Yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan filiallar va vakolatxonalar uchun alohida litsenziyalar hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olish talab etilmaydi. Bunda yuridik shaxslar tomonidan avval olingan litsenziyalarda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarda vakolatli organlar tomonidan mazkur hujjatlarga o'zgartishlar kiritilgan holda filiallar va vakolatxonalarning manzillari ko'rsatiladi.
Filiallar va vakolatxonalar tashkil etgan yuridik shaxslar filiallar hamda vakolatxonalar tomonidan faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqda vakolatli organni maxsus elektron tizim yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YaIDXP deb yuritiladi) orqali xabardor qilishi kerak. Bunda vakolatli organ ko'rsatilgan filiallar va vakolatxonalar to'g'risidagi axborotni xabarnomalar reyestriga kiritadi.
Filiallar va vakolatxonalar faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirayotganda yoki faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotganda litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari hamda shartlariga rioya etishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida»gi qonun
10-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari tomonidan amalga oshirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.