O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun zarur bo'lgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
ta'sis hujjatlari va taqdim etilgan boshqa hujjatlar qonunchilikka muvofiq bo'lmaganda;
davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlar mavjud bo'lganda;
kredit axborotini ruxsat etilmagan holda unga kirishdan, yo'q qilib yuborishdan, o'zgartirishdan, undan foydalanishdan, uni oshkor etishdan himoya qilishni ta'minlovchi dasturiy-texnikaviy kompleks mavjud bo'lmaganda yoki dasturiy-texnikaviy kompleks belgilangan talablarga muvofiq bo'lmaganda;
kredit byurosining rahbari belgilangan malaka talablariga muvofiq bo'lmaganda.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko'rsatilgan sabablarni bartaraf qilib, takroran ko'rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda ariza beruvchiga yozma shaklda yuboriladi. Bunda kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko'rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda amalga oshiriladi. Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qarorda ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan hisoblanadi.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazish va litsenziya berish to'g'risidagi ariza takroran ko'rib chiqilayotganda davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
9-modda. Kredit byurosini davlat ro'yxatidan o'tkazishni va litsenziya berishni rad etish
(9-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.