«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun

22-modda. Kredit axboroti sub'yektining huquqlari

(22-модданинг биринчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)

Kredit axboroti sub'yekti: kredit byurosidan o'zi haqidagi kredit hisobotini olish, shu jumladan bir yilda bir marta tekinga olish; o'zi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishi maqsadi to'g'risida va kredit hisoboti taqdim etilgan kredit axborotidan foydalanuvchilar haqida kredit byurosidan axborot olish; kredit axborotidan foydalanuvchidan o'zi haqidagi kredit hisobotining ko'chirma nusxasini olish; o'zi haqidagi kredit axborotida xolis, ishonchli va yangilangan ma'lumotlar aks ettirilishi maqsadida unga o'zgartirishlar kiritishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish; kredit axborotini kredit byurolariga o'z vaqtida taqdim etishni kredit axborotini yetkazib beruvchilardan talab qilish; o'zi haqidagi kredit tarixiga aniqliklar kiritishni kredit byurosidan talab qilish; o'zi haqidagi kredit hisobotining taqdim etilishiga rozilik berishni rad etish yoki uning kredit byurolari tomonidan taqdim etilishini taqiqlash (taqiqni olib tashlash); kredit byurosiga qilgan murojaati o'z vaqtida ko'rib chiqilishini talab qilish; kredit bitimini tuzishni taqiqlash yoki bunday taqiqni olib tashlash to'g'risidagi ariza bilan belgilangan tartibda murojaat etish; kredit byurosida mavjud bo'lgan o'zi haqidagi kredit axborotidan, qanday maqsadlarda bo'lishidan qat'i nazar, foydalanish huquqiga ega. Kredit axboroti sub'yekti qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.