Kredit byurosi:
kredit axborotining elektron shakldagi ma'lumotlar bazasini yuritishi va uni muntazam ravishda yangilab borishi;
kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay uni kredit tarixining tarkibiga kiritishi;
kredit axborotining xolisligi va ishonchliligini ta'minlashi;
axborotni himoya qilish xizmatini tashkil etishi;
kredit axboroti almashinuvini faqat ushbu Qonun 24-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan maqsadlarga muvofiq amalga oshirishi;
kredit axboroti sub'yektlariga, kredit axborotini yetkazib beruvchilarga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga kredit axborotidagi noto'g'ri yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni aniqlash hamda tuzatishda ko'maklashishi;
kredit axboroti sub'yektining reyting bahosini hisoblash uslubini va kredit axboroti sub'yektini reyting baholashga ta'sir qilgan omillarni kredit axboroti sub'yektining yoki kredit axborotidan foydalanuvchining talabiga ko'ra tushuntirib berishi;
kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestrida jismoniy shaxsning mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risidagi axborotni kredit axboroti sub'yektlariga va kredit axborotidan foydalanuvchilarga ularning so'rovlariga asosan berishi;
o'z faoliyati to'g'risidagi hisobotni va boshqa ma'lumotlarni belgilangan muddatlarda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etishi;
kredit axborotining besh yil mobaynida saqlanishini ta'minlashi shart.
Kredit byurosining zimmasida qonunchilik va kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Kredit axboroti almashinuvi to'g'risida»gi qonun
14-modda. Kredit byurosining majburiyatlari
(14-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 4 мартдаги ЎРҚ-1043-сонли Қонунига асосан тўққизинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.03.2025 й., 03/25/1043/0217-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 6 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.