«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

7-modda. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tuzilmalari

(7-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tuzilmalari quyidagilardan iborat: O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi; davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi); O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi; O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati; O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.