«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

32-modda. Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik

(32-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to'g'risida so'rovlar yuborish va ularning so'rovlariga javob berish huquqiga ega. Korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko'radi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.