«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

28-modda. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarni va ularning yaqin qarindoshlarini himoya qilish

(28-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 22 июндаги ЎРҚ-1155-сонли Қонунига асосан бешинчи, олтинчи ва еттинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.06.2026 й., 03/26/1155/0616-сон)

Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo'ladi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qiluvchi shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar xizmat sirini tashkil etadi hamda faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va shaxsning o'zining, shuningdek korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining yozma ruxsati asosida oshkor etiladi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qiluvchi shaxslarning hamda ularning yaqin qarindoshlarining hayotiga va sog'lig'iga haqiqiy tahdidni, ularga nisbatan zo'rlik ishlatilganligini, ularning mol-mulki yo'q qilinganligini yoki shikastlantirilganligini tasdiqlovchi yetarli asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, korruptsiyaga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ularni himoya qilish bo'yicha zarur choralar ko'rishi shart. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risidagi axborotni xabar qiluvchi shaxslarning va ularning yaqin qarindoshlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yo'l qo'yilmaydi hamda bu qonunga ko'ra javobgarlikka sabab bo'ladi. O'zi mehnat faoliyatini olib borayotgan davlat organida korruptsiyaga oid jinoyat to'g'risida asosli xabar bergan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligini oldindan xabardor etmagan holda ikki yil davomida intizomiy jazo choralarini qo'llashga yo'l qo'yilmaydi. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qiluvchi shaxslarni rag'batlantirish davlat tomonidan kafolatlanadi. Rag'batlantirish bir martalik pul mukofoti, tashakkurnoma, esdalik sovg'asi shaklida yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida xabar qiluvchi shaxslarni rag'batlantirish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ushbu moddaning qoidalari korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida bila turib yolg'on axborotni xabar qilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular bunday huquqbuzarlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.