«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun

24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi

(24-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 8 августдаги ЎРҚ-860-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 09.08.2023 й., 03/23/860/0571-сон)

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi: korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korruptsiyaga sabab bo'ladigan omillarni aniqlashga; korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan loyihani qabul qilish oqibatlarini umumiy baholashga; normativ-huquqiy hujjatlarni qo'llash jarayonida korruptsiya xususiyatiga ega xavflarning yuzaga kelishi ehtimolini prognoz qilishga; korruptsiyaga sabab bo'lgan, aniqlangan omillarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga va choralar ko'rishga yo'naltirilgan jarayondan iborat bo'ladi. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi «Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.