Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar:
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi;
korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotlari ushbu moddada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Milliy kengash va hududiy kengashlar faoliyatida, shuningdek davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoat-maslahat organlari faoliyatida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
14-modda. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolarning korruptsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishi
(14-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 ноябрдаги ЎРҚ-729-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.11.2021 й., 03/21/729/1064-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.