O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o'z vakolatlari doirasida:
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etadi;
aholi o'rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ'ibotga doir faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi;
ta'lim muassasalarida korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta'lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning loyihalaridagi korruptsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi;
korruptsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo'yicha choralar ko'radi;
korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi qonun
12-modda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.