O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

48-modda. IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar

Har kim sog'lig'ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli. Davlat sog'liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug'urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash choralarini ko'radi. Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.