Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so'zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
Har kim o'z shaxsiga doir ma'lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto'g'ri ma'lumotlarning tuzatilishini, o'zi to'g'risida qonunga xilof yo'l bilan to'plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo'lmay qolgan ma'lumotlarning yo'q qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo'yishni va ko'zdan kechirishni o'tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo'l qo'yiladi. Uy-joyda tintuv o'tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
31-modda. VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.