O'zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o'zaro huquq va majburiyatlar bilan bog'liqdir.
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo'yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo'yishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik printsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerak.
Inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
20-modda. V bob. Umumiy qoidalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.