O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

154-modda. Oltinchi bo'lim. Konstitutsiyani o'zgartirish tartibi

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko'pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O'zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta ko'rib chiqilishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.