O'zbekiston Respublikasining bank tizimi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va to'lov tizimlarining barqaror faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi, bundan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim o'rnatilgan hudud mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki o'z vazifalarini bajarishda mustaqildir.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
151-modda. XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.