O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

15-modda. III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi

O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to'g'ridan-to'g'ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Alohida hududlarda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan yagona huquqiy makon doirasida maxsus huquqiy rejim o'rnatilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan printsip va normalari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.