O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir.
O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik printsiplari asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.
Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining byudjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
148-modda. XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.