O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

132-modda. XXIII bob. Sud hokimiyati

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to'g'risidagi ishlarni ko'radi. Konstitutsiyaviy sud O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi vakilini qo'shgan holda saylanadi. Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o'n yillik muddatga saylanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o'z tarkibidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o'rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.