O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

125-modda. XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari

Viloyat, tuman va shahar hokimi o'z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda o'zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo'ladi. Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyatni, tumanni, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ushbu hisobotlar bo'yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.