O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

122-modda. XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari

Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) tegishli mahalliy byudjetlarni ko'rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash; 3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to'g'risidagi hisobotlarni eshitish; 4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.