O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

116-modda. XX bob. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O'zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o'z faoliyatini davom ettirib turadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.