O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig'ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o'z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
«O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman».
lex.uz’dagi asl matnO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
108-modda. XIX bob. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.